MAKTAB VA TA`LIMTadbirlarYangiliklar
Maktab-internatimizda birinchi dars Davlat madhiyasini kuylash bilan boshlandi

Farg’ona viloyati chet tillarni o’qitishga ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktab-internatida 27-yanvar kungi ertalabki saflanishda O’zbekiston Respublikasi madxiyasi jo’r bo’lib kuylash bilan boshlandi. Ushbu saflanishni 10-“B” sinf tarbiyachisi X.Nosirov va 10-“B” sinf o’quvchilari tadbir asosida o’tkazishdi. O’quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda ularni Davlat ramzlariga bo’lgan hurmatini oshirish maqsadida birinchi soat darslarini O’zbekiston madhiyasini jonli ijroda kuylashdan boshlandi. Bunda davlat bayrog’ini olib chiqish uchun maktabimizning eng namunali o’quvchilari va hafta davomida a’lo baholarga o’qigan 6-“A” sinf o’quvchilari Baxromov Shoxrux, Umaraliev Muxammadyusuf, Muxammadrasulova Ruxshona, Adxambekova Farzonalar etib topildi va taklif qilindi.