MAKTAB VA TA`LIMMetodik tavsiyalarO`QITUVCHILARGAYangiliklar
O’quvchilarni baholashda Test sinovi – mezonlardan biri mavzusida seminar

Ijtimoiy fanlar metod-birlashmasining oʻquv seminari boʻlib oʻtdi. Seminar mavzusi ”Oʻquvchilarni baholashda Test sinovi – mezonlardan biri ”. Seminarni Tarix fani oʻqituvchisi G.Alijonova olib bordi. Seminarda oʻquvchilar uchun tuziladigan testlarning toʻgʻri tuzilishi va testlarning turlari haqida oʻqituvchilarga tushuncha berdi.




1992-yil dastlab respublikamizning 6-ta oliy talim mussasasida test sinovi asosida oʻqishga qabul qilish tajribadan oʻtkazilgan edi. 1993-yilda esa 46 ta oliy taʼlim mussasalarining 19 tasida tajriba tariqasida test sinovlari oʻtkazildi.
1994-yil davlat test markazi tashkil etilib , shu yildan boshlab oliy taʼlim muassasalaridaa test orqali qabul joriy etildi.
Testologiya nazariyasi va amaliyotda shu narsa maʼlumki, test oʻquvchilarning bilimini baholashga xizmat qiladi va quyidagi uchta tamoyilga tayanadi:
1.Testning obʼektivligi – yaʼni oʻquvchiga qoʻyiladigan baho uni qoʻyadigan shaxsga boʻlmasligi shart.
2.Ishonchlilik – bu oʻquvchining bilimlarini oʻlchashning aniqlik darajasi yoki bir martalik pedagogik oʻlchash jarayonid olingan natijalarga qanchalik ishonish mumkinligini bildiradi.
3.Validlik –tuzilgan testning oʻquv dasturi mazmuniga mosligini bildiradi.