MAKTAB VA TA`LIMYangiliklar

XTV tomonidan darslikka qo‘yiladigan talablar ishlab chiqiladi

Joriy yilning 5 aprelida hukumat qarori bilan “Umumta’lim maktablari uchun muqobil darsliklarni yaratish va ulardan foydalanish to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi. Mazkur nizomga muvofiq, muqobil darsliklarga qo‘yiladigan talablar Xalq ta’limi vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi.

Vazirlik keyingi o‘quv yillari uchun tavsiya etiladigan va yaratiladigan darslik hamda o‘quv-metodik qo‘llanmalarning ro‘yxati, ularga qo‘yiladigan talablarni ommaviy axborot vositalari, shuningdek, vazirlikning rasmiy veb-sayti orqali bir yil oldin e’lon qiladi.

Mazkur darsliklar va o‘quv-metodik qo‘llanmalarni tayyorlashda ishtirok etish istagida bo‘lgan ijodiy jamoalar Respublika ta’lim markazi Muvofiqlashtiruvchi kengashining ishchi organiga taklif kiritadi.

Yaratilgan darsliklar va o‘quv-metodik qo‘llanmalar Ishchi organga original maket holatida taqdim etiladi. Original maketlar vazirlik huzurida tashkil etiladigan ekspertlar guruhi tomonidan ikki oy muddatda ekspertizadan o‘tkaziladi.

Ishchi organ eng yuqori baholangan original maketlarni tajriba-sinovdan o‘tkazishga rozilik olish uchun Muvofiqlashtiruvchi kengashga 1 haftada ma’lum qiladi. Tajriba-sinov o‘tkaziladigan maktablar ro‘yxati Muvofiqlashtiruvchi kengash tomonidan tasdiqlanadi. Tajriba-sinov va keng jamoatchilik muhokamasi natijalari ishchi organ tomonidan bir oyda umumlashtirilib, darsliklar va o‘quv-metodik qo‘llanmalarni tasdiqlash uchun Muvofiqlashtiruvchi kengashga taqdim etadi.

95 foizdan yuqori ball olgan muqobil darsliklar maktablar uchun ijara tizimi asosida yaratilgan darsliklar bilan bir qatorda ixtiyoriy foydalanishga tavsiya etiladi.

 

Tags

Ochilbek Mahammadjonov

Informatika va axborot texnologiyalari fani o'qituvchisi. Shiori: Doimo "B" rejang bo'lsin!

O'xshash maqola

Ko'rish imkoniyati cheklangan foydalanuvchilar uchun qo'shimcha imkoniyat
Close

Adblock ishlamoqda

Iltimos adblockni o'chirib qo'ying. Bu sayt havfsiz