Fan oyliklarimizMAKTAB VA TA`LIM

Aniq fanlar fan oyligi munosabati bilan bajarilgan ishlar hisoboti

Farg’ona viloyat chet tillarini o’qitishga ixtisoslashtirilgan maktab-internatida aniq fanlar fan oyligi munosabati bilan bajarilgan ishlar

HISOBOTI

Fan oyligining birinchi haftasi:

    Qishning uchinchi oyi ya’ni fevral oyida aniq fanlar fan oyligi o’z faoliyatini boshladi. 1-fevral kuni fan oyiliging ochilishi ko’tarinki ruxda bo’lib o’tdi.Fan oyligining birinchi haftasida bir necha tanlovlar bo’lib o’tdi.Shulardan biri “Matematika mening tassavvurimda” mavzusida o’tkazilgan rasmlar ko’rik tanlovi. Ushbu tanlovda maktabning barcha o’quvchilari ishtirok etdilar.Matematikani har bir o’quvchi o’zgacha tassavvur qiladi.Shunday ekan tanlovda har bir o’quvchining ishtiroki alohida nazorat qilinadi.Tanlov e’lon qilingan kundan o’quvchilar o’z ijodkorliklarini nomoyon qila boshladilar. Har bir sinf tanlovda faol ishtirok etdilar.Hafrtaning shanba kuni ya’ni 6-fevralda barcha o’quvchilarning ishlari o’rganib chiqildi.G’olib o’quvchilar aniqlandi.

1-o’rin: 5-“A” sinf o’quvchisi Muhammadjonov Abdulaziz

2-o’rin: 6-“B” sinf o’quvchisi Ergashaliyev Asrorbek

3-o’rin: 6-“A” sinf o’quvchisi Ergashev Shukurullo tanlov g’oliblari deb topildi.

Tanlov so’ngida g’oliblar maktab-internati ma’muriyati tomonidan estalik sovg’alar bilan taqdirlandilar.

Fevral oyining ikkinchi haftasida “Omadli bilimdonlar” mavzusida    

    8-sinf o’quvchilari o’rtasida tanlov tashkillandi.Tanlovning maqsadi shundan iborat ediki o’quvchilarning matimatik bilimlarini yanada rivojlantirish va olgan bilimlarini amaliyotga qo’llay olishni o’rgatish maqsadida tashkillangan edi. Tanlovda o’quvchilarning bilimlarini sinash maqsadida turli xil testlar,boshqotirmalar,sudokular,krasvodlar va misol , masalalar taqdim etiladi. Tanlovda eng aktiv qatnashgan o’quvchilar ya’ni misol,masalalarga to’g’ri javob bergan,krasvordlarni to’g’ri bajargan,testlarni to’liq yecha olgan o’quvchilar g’olib deb topildilar.

I o’rin    8-“B”-sinf

I I o’rin    8-“A”-sinf

III o’rin    8-“V”-sinf

 “Hayotimizda matematikaning o’rni beqiyosdir .Shunday ekan har birimiz matematikani qunt bilan o’rganib ,o’z bilimimizni boyitishga harakat qilishimiz kerak” deya o’quvchilarga uqtirildi.

Fan oyligining  ikkinchi  haftasi:

     Aniq fanlar oyligining ikkinchi haftasida ham bir necha tanlovlar e’lon qilindi va o’tkazildi. Ulardan biri “ Matematika va informatika sirlari” mavzusida bukletlar ko’rik tanlovi o’tkazildi. Ko’rik tanlovning maqsad va vazifalari o’quvchilarga fanning yashirin sirlarini namoyon qilish va ularning tassavvur doiralarini boyitib borishdir. Tanlovda har bir sinflar ishtirok etdilar va o’z  ijod na’munlarina namoyon etdilar.Bunda o’quvchilar internet malumotlaridan ham bemalol foydalanishlari mumkun. Chunki fan oyligimizga informatika fani ham kiradi.Hafta davomida bukletlar ichidan eng namunalilari ajratildi va g’oliblar sifatida e’tirof etildi.

1-O’rin: 8-“V”-sinf o’quvchisi :  Abdubannoyev Ibrohim;

2-O’rin: 7-“A”-sinf o’quvchisi : Ibrohimov Abdurahmon;

3-O’rin: 5-“A”-sinf o’quvchisi : Olimov Avazbek

Tanlov so’ngida g’oliblar maktab-internati ma’muriyati tomonidan estalik sovg’alar bilan taqdirlandilar.

Fan oyligining ikkinchi haftasi ham juda qizg’in tus olganligi sabali o’uvchilarda o’zgacha tassurrot uyg’otdi. Shu haftada matematika va informatika  fanlaridan ijodiy ishlar ko’rik tanlovi tashkillandi. Tanlovga barcha maktab o’quvchilari jalb etildi. Tanlovning maqsadi shundan iborat ediki o’quvchilarning matematika va informatika fanlaridan o’z ijod namunalarini amalda namomoyon etishlariga o’rgatish, ularni fanga bo’lgan qiziqishlarini  yanada kuchaytirish va bilim smaradorligini rivojlantirish maqsadida tashkillangandi.

         Shu haftada matematika fani o’qituvchisi T.Umarova 7-“A”sinfda “Uchburchak ichki burchaklar yig’indisi” mazvisida, S.Mutalimova 5-“A”sinfda “O’nli kasrlarni qo’shish va ayrish” mavzusida  ochiq dars tashkilladi. Har bir ochiq dars namunali,”Dars muqaddas” va DTS asoida o’tkazildi.O’qituvchilar o’zlari ko’zlagan maqsadlariga erishdilar.

Fan oyligining uchinchi haftasi:

 Fan oyligining uchinchi haftasida maktab –internatida matematika faniga bag’ishlangan “Zukkolar bahsi” nomli kecha tashkillandi. Kechada maktab-internati rahbariyati,o’qituvchilar, tarbiyachilar va barcha o’quvchilar ishtirok etdilar. “Zukkolar bahsi” kechasining maqsadi o’quvchilarning bilimlarini tekshirish,matematik bilimlarini boyitish va amaliyotda qo’llay olishlari uchun tashkillangan.

Kechada har bir sinflardan 4 tadan ishtirokchi qatnashdi va o’z bilim salohiyatlarini namoyon etdilar.

1-o’rin : 8-“B” sinfga ,     2-o’rin : 8-“V” sinfga

3-o’rin : 6-“A” sinfga ,    4-o’rin : 8-“A” sinfga

5-o’rin : 7-“ A” sinfga,    6-o’rin : 5- “A” sinfga

7-o’rin : 6-“B” sinfga nasib etdi.

Tanlov so’ngida g’oliblar maktab-internati ma’muriyati tomonidan estalik sovg’alar bilan taqdirlandilar.

“Zukkolar bahsi ” kechasi maktab-internatining barcha o’quvchilarida o’zgacha tassurrot qoldirdi. O’quvchilarning fanga bo’lgan qiziqishlari yanada ortdi.

Fan oyligining to’rtinchi haftasi:

Fan oyligi yakunida “Matematika olamiga satoxat” nomli kecha tashkillandi.

Kechanining maqsadi o’quvchilarni fanga qiziqisharini oshirish, matematik bilimlarini yanada boyitish va ularni dunyoqarashlarini kengaytirishga qaratilgandi.

    Kechani matematika fani o’qituvchilari S.Mutalimova va T.Umarovalar olib borishdi. Kechaning birinchi qismida matematika faning beqiyos hissa qo’shgan bobomiz Muso Al Xorazmiy bobomizga bag’ishlangan ko’plab hikmatli so’zlar va she’rlar aytib o’tildi. So’ng bobomiz yaratgan raqamlarning hayotimizdagi o’rni haqida gapirildi,6-“B” va 6-“A” sinf qizlari o’rtasida raqs ijro etildi. Kechaning keyingi qismlarida esa 5-A sinf o’quvchilari o’rtasida sahna ko’rinish, “Ko’z boylog’ich” o’yini va “Mantiqiy savollar” tashkillandi. Tadbir barchada katta qiziqish uyg’otdi. Fanga bo’lgan qiziqishlari kuchaydi. Tadbir yakunida fan oyligida faol qatnashgan o’quvchilar maktab ma’muriyati tomonidan fahriy yorliqlar va esdalik sovg’alar bilan taqdirlandilar.

 

O'xshash maqola

Ko'rish imkoniyati cheklangan foydalanuvchilar uchun qo'shimcha imkoniyat
Close

Adblock ishlamoqda

Iltimos adblockni o'chirib qo'ying. Bu sayt havfsiz