MAKTAB VA TA`LIMYangiliklar

Shahodatnoma va attestatlarning zamonaviy himoyaga ega boʻlgan yangi namunasi tasdiqlandi

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 9 va 11 sinf bitiruvchilariga beriladigan shahodatnoma va attestatlarning hamda imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari bitiruvchilariga beriladigan sertifikatning yangi namunasi tasdiqlandi.

Mazkur hujjatlarning namunasi 2019-yil 14-may kuni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi rasmiy hujjatlarning davlat namunasini tasdiqlash haqida”gi qarori bilan tasdiqlandi.

Yangi namunadagi shahodatnoma va attestat hamda sertifikat 11 yillik majburiy umumiy oʻrta taʼlim tizimiga oʻtilishi munosabati bilan tasdiqlandi.

Vazirlar Mahkamasi qaroriga koʻra, umumiy oʻrta taʼlim tizimida ilk marotaba nodavlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalari bitiruvchilariga ham davlat namunasidagi shahodatnoma va attestatlarni berish nazarda tutildi.

Xalq taʼlimi tizimida zamonaviy axborot tizimlarini joriy etish va bitiruvchilar haqida maʼlumot olishning oson va tezkor mexanizmini yaratish maqsadida maktab bitiruvchilariga shahodatnoma va attestat berishda elektron tizim joriy etiladi.

Elektron tizimga bitiruvchilar haqidagi maʼlumot va baholarni kiritib boriladi. Har bir maktabda bitiruvchilarning maʼlumotlar bazasi shakllantiriladi.

Maxsus muhofazalangan qogʻozda chop etilgan shahodatnoma va attestatning orqa qismida QR-kod joylashtiriladi va uni skaner qilish orqali bitiruvchi haqida umumiy bazadan maʼlumot olish imkoniyati yaratiladi.

Shu kunga qadar shahodatnoma va attestatga bitiruvchining familiyasi, ismi, bitirgan maktabi, oʻqigan fanlari boʻyicha oʻzlashtirgan baholari ruchkada (qoʻlda) faqat oʻzbek tilida yozilgan boʻlsa, bundan keyin kompyuterda uchta tilda (oʻzbek, rus, ingliz) yozilib, maxsus printerda chop etish rejalashtirilmoqda. Bu esa oʻz navbatida bitiruvchilar xorijiy taʼlim muassasalariga hujjat topshirishda yanada qulaylik yaratadi.

Shuningdek, qaror bilan fuqarolarning dublikat shahodatnoma va attestat olish boʻyicha murojaatlarini tezlashtirish, ortiqcha ovoragarchilik, byurokratizm va sarson-sargardon boʻlishini oldini olish maqsadida hujjat dublikatini berish tartibi soddalashtirildi.

Xalq taʼlimi vazirligi
Axborot xizmati

Ochilbek Mahammadjonov

Informatika va axborot texnologiyalari fani o'qituvchisi. Shiori: Doimo "B" rejang bo'lsin!

O'xshash maqola

1 ta fikr

  1. zo`r sayt ekan ayniqsa o`quvchilar un.
    Shunaqa saytlar ko`paysin sayt yaratuvchisiga ham raxmat ishlaringa omad!

Ko'rish imkoniyati cheklangan foydalanuvchilar uchun qo'shimcha imkoniyat
Close

Adblock ishlamoqda

Iltimos adblockni o'chirib qo'ying. Bu sayt havfsiz