MAKTAB VA TA`LIMYangiliklar

Prezident maktablari: Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarligi lavozimiga nomzodlar uchun tanlov boshlandi

Prezident maktablari o‘quvchilarini haqiqiy vatanparvar va yuksak ma’naviyatli etib kamol toptirish bo‘yicha o‘z dasturingizni internet orqali tavsiya eting va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimiga tayinlanish imkoniyatini qo‘lga kiriting!

Davlatimiz rahbari tomonidan Prezident maktablarini tashkil etish bo‘yicha tashabbus e’lon qilinganida mazkur maktablarda haqiqiy vatanparvar va mamlakat rivojiga o‘z hissasini qo‘sha oladigan yuksak ma’naviyatli yoshlarni tarbiyalash eng muhim vazifalardan biri ekanligi alohida ta’kidlangan edi.

Prezident maktablarida ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimida ishlash istagingiz bo‘lsa, yosh avlodni barkamol va ma’naviy yetuk tarbiyalash bo‘yicha takliflaringizni Facebook ijtimoiy tarmog‘iga #prezidentmaktablarimanaviyat xeshtegi bilan yozing. Keyin esa, http://bit.ly/pmmanaviyat-hrhavolasi orqali ruyxatdan o‘ting. Ushbu taklifingiz yoki uni OAVlarda e’lon qilingan havolalarini ko‘rsatib, quyidagi formani to‘ldiring.

Eng yaxshi taklif mualliflari Prezident maktabida ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimiga nomzod sifatida suhbatga taklif etiladi.

Taklif va mulohazalaringiz 22 aprel kuniga qadar chop etilishi lozim.

Tags

Ochilbek Mahammadjonov

Informatika va axborot texnologiyalari fani o'qituvchisi. Shiori: Doimo "B" rejang bo'lsin!

O'xshash maqola

Ko'rish imkoniyati cheklangan foydalanuvchilar uchun qo'shimcha imkoniyat
Close

Adblock ishlamoqda

Iltimos adblockni o'chirib qo'ying. Bu sayt havfsiz