MAKTAB VA TA`LIMMetodik tavsiyalarO`QITUVCHILARGAYangiliklar
Yangi

O’quvchilarni baholashda Test sinovi – mezonlardan biri mavzusida seminar

Ijtimoiy fanlar metod-birlashmasining oʻquv seminari boʻlib oʻtdi. Seminar mavzusi ”Oʻquvchilarni baholashda Test sinovi – mezonlardan biri ”. Seminarni Tarix fani oʻqituvchisi G.Alijonova olib bordi. Seminarda oʻquvchilar uchun tuziladigan testlarning toʻgʻri tuzilishi va testlarning turlari haqida oʻqituvchilarga tushuncha berdi.

1992-yil dastlab respublikamizning 6-ta oliy  talim mussasasida test sinovi asosida  oʻqishga qabul qilish tajribadan oʻtkazilgan edi. 1993-yilda esa 46 ta oliy taʼlim mussasalarining 19 tasida tajriba tariqasida test sinovlari oʻtkazildi.
1994-yil davlat test  markazi tashkil etilib , shu yildan boshlab oliy taʼlim muassasalaridaa test orqali qabul joriy etildi.

Testologiya nazariyasi va amaliyotda shu narsa maʼlumki, test oʻquvchilarning bilimini baholashga xizmat qiladi va quyidagi uchta tamoyilga tayanadi:
1.Testning obʼektivligi – yaʼni oʻquvchiga qoʻyiladigan baho uni qoʻyadigan shaxsga boʻlmasligi shart.
2.Ishonchlilik – bu oʻquvchining bilimlarini oʻlchashning aniqlik  darajasi yoki bir martalik pedagogik oʻlchash jarayonid olingan natijalarga qanchalik ishonish mumkinligini bildiradi.
3.Validlik –tuzilgan testning oʻquv dasturi mazmuniga mosligini bildiradi.

Tags

Ochilbek Mahammadjonov

Informatika va axborot texnologiyalari fani o'qituvchisi. Shiori: Doimo "B" rejang bo'lsin!

O'xshash maqola

Ko'rish imkoniyati cheklangan foydalanuvchilar uchun qo'shimcha imkoniyat
Close

Adblock ishlamoqda

Iltimos adblockni o'chirib qo'ying. Bu sayt havfsiz