MAKTAB VA TA`LIMYangiliklar

Oʻzbekiston delegatsiyasi Londondagi Jahon taʼlim forumida ishtirok etmoqda

Joriy yilning 21 yanvarida oʻz faoliyatini boshlagan mazkur forumda 95 mamlakatning rasmiy vakillari ishtirok etmoqda. Forum ishtirokchilari tomonidan uch kun davomida taʼlim sohasini rivojlantirish boʻyicha yuzaga kelayotgan savol va muammolar muhokama etiladi. Oʻzbekiston delegatsiyasi Buyuk Britaniyaga tashrifi chogʻida taʼlim sohasidagi davlat organlari va kompaniyalar vakillari bilan ikki tomonlama muzokaralar oʻtkazishni rejalashtirmoqda. Shuningdek, M&C Saatchi, Britaniya Kengashi, Cambridge Assessment International Education, Taʼlim departamentining maktab standartlari boʻyicha davlat vaziri, Buyuk Britaniya Parlamentining aʼzosi Nik Gibb va boshqa tashkilotlar vakillari bilan muzokaralar olib boriladi. Shu bilan birga Britaniyadagi taʼlim muassasalariga tashrif buyurish hamda Britaniya Kengashining “Taʼlim siyosati boʻyicha muloqot: yoshlarimiz kelajakka qanday tayyorgarlik koʻrayapti“ mavzusidagi dasturda ishtirok etish rejaga kiritilgan.

Manba: Xalq taʼlimi vazirligi Axborot xizmati

Tags

Ochilbek Mahammadjonov

Informatika va axborot texnologiyalari fani o'qituvchisi. Shiori: Doimo "B" rejang bo'lsin!

O'xshash maqola

Ko'rish imkoniyati cheklangan foydalanuvchilar uchun qo'shimcha imkoniyat
Close

Adblock ishlamoqda

Iltimos adblockni o'chirib qo'ying. Bu sayt havfsiz