MAKTAB VA TA`LIMOTA-ONALAR UCHUNYangiliklar

Ixtisoslashtirilgan maktablarning test sinovi natijalari eʼlon qilindi

Joriy yilning 23-avgust kuni Prezidentimiz tomonidan taʼlim sohasiga bagʻishlab oʻtkazilgan videoselektorda pedagoglar mehnatini ulugʻlagan holda oldimizda turgan muhim vazifalarni ham aytib oʻtdi.

Maʼlumki, 2019-2020 oʻquv yilida respublikamizning 4 ta hududida oʻz faoliyatini boshlagan Prezident maktablarida ilk marotaba bolalarni intellektual fikrlash qobiliyati va test sinovlari natijalari orqali qabul qilish amaliyoti qoʻllanildi. Mazkur jarayon ijobiy natijasini berdi va eng iqtidorli oʻquvchilar Prezident maktablariga qabul qilindi.

Ushbu tajribani andoza sifatida qabul qilib, 2019-2020 oʻquv yilida Xalq taʼlimi vazirligi va Davlat test markazining qoʻshma qarori bilan respublikamizdagi ayrim fanlarchuqur oʻrganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan maktablar, maktab-internatlar va ijod maktablariga ajratilgan qabul kvotalari doirasida oʻquvchilar ikki bosqichli tanlov asosida saralandi.

Mazkur saralash tanlovi oʻtgan yildagidan farqli ravishda ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktablarida 5-sinf va ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarining 7-sinf oʻquvchilari orasida boʻlib oʻtdi. Yana bir quvonarli tomoni shundaki, oʻtgan oʻquv yillarida ixtisoslashtirilgan maktablarda oʻqish istagini bildirgan talabgorlar soni bir oʻringa oʻrtacha 1,7-1,8 nafarni tashkil qilgan boʻlsa, bu oʻquv yilida bir oʻringa talabgorlar soni oʻrtacha 3,3-3,4 nafarni tashkil qildi.

Avvalroq, atoqli adiblar nomi bilan ataluvchi ijod maktablarida ijodiy tanlovlar oʻtkazilib, natijalari talabgor oʻquvchilar va ularning ota-onalariga maʼlum qilingan.

Muhtaram oʻquvchilar va ularning ota-onalari! Quyida Davlat test markazi tomonidan oʻtkazilgan test sinovi natijalari eʼlon qilinmoqda. Oʻquvchilarni javoblar varagʻi raqamini bilish uchun tegishli taʼlim muassasalari maʼmuriyatiga murojaat qilishingiz mumkin!

5-sinf test natijalari

7-sinf test natijalari

Ijod maktablari test natijalari

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi

Ochilbek Mahammadjonov

Informatika va axborot texnologiyalari fani o'qituvchisi. Shiori: Doimo "B" rejang bo'lsin!

O'xshash maqola

Ko'rish imkoniyati cheklangan foydalanuvchilar uchun qo'shimcha imkoniyat
Close

Adblock ishlamoqda

Iltimos adblockni o'chirib qo'ying. Bu sayt havfsiz