O`QUVCHILARGATanlovYangiliklar

Diqqat Tanlov!!!

Adabiyot yoʻnalishida ”Dono bilimdonlar” Respublika tanlovi eʼlon qilinadi.

Tanlov har yili 9 fevral – Alisher Navoiy tavallud topgan kundan boshlanadi. Uning 2019 yil yakuniy natijalari
“Oʻzbekiston Respublikasining Davlat tili toʻgʻrisida”gi Qonuni qabul qilinganligiga 30 yil toʻlishi arafasida eʼlon
qilinadi.

Tanlov adabiyot yo’nalishida o’tkaziladi. Tanlovda umumiy o’rta ta’lim maktablarining o’quvchilari ishtirok etishadi.

“Dono bilimdonlar” tanlovini oʻtkazish, uning gʻolib va sovrindorlarini taqdirlash sarf-xarajatlari “Dono nashriyoti” MChJ mablagʻlari, shuningdek, ushbu tanlovga hayrixoh tashkilotlar (hamkor tashkilotlar bundan mustasno) tomonidan ajratiladigan homiylik va hayriya mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladi.

1. TANLOV MAQSAD VA VAZIFALARI

1.1.Oʻquvchi yoshlar orasida Ona tili va adabiyotga boʻlgan qiziqishni oshirish, davlat tiliga hurmat ruhini yuksaltirish, kitobxonlik madaniyati, notiqlik sanʼati, jamoa boʻlib ishlash koʻnikmalarini shakllantirish.

2. TANLOV ShARTLARI VA G’OLIBLARNI TAQDIRLASh

2.1. Tanlov 4 bosqichdan iborat:

1-bosqich. Har bir maktab miqyosida sinflararo tanlov oʻtkazilib, gʻolib sinf jamoasi tuman, shahar bosqichiga tavsiya etiladi.

2-bosqich. Har bir maktabning 5 nafardan iborat gʻolib oʻquvchilar jamoasi tuman, shaharda oʻtkaziladigan tanlovda qatnashadilar.

3-bosqich. Tuman, shahar bosqichida g’olib bo’lgan 3 ta sovrinli o’rin g’oliblari viloyat bosqichida bellashadilar.

4-bosqich. Viloyat bosqichi g’olibi bo’lgan jamoa respublika bosqichida ishtirok etadi.

Dastlabki 3 ta 2.1. bandi talablarini bajargan jamoalar ishtirok etadi.

2.2.Tanlov shartlari:

1-shart. “Adabiyot olamida”. Ushbu shartda 5-9 sinf adabiyot darsliklari asosida har bir jamoa (1-bosqichda har bir oʻquvchi) uchun 5 ta test savollari tarqatiladi. Javoblar uchun 5 daqiqadan vaqt ajratiladi. Baholash 5 ballik tizimda olib boriladi.

2-shart. “Sirli soʻzlar sinovi”. Ushbu shartda berilgan aralash harflardan yashirin soʻz topilishi kerak. Topilgan soʻzdagi harflar ishtirokida va faqat shu harflarni takror qoʻllab, yangi soʻzlar hosil qilinishi kerak. Har bir hosil qilingan yangi soʻz 2 ball tizimida baholanadi. Kalit soʻzni topolmagan jamoa (1-bosqichda oʻquvchi)dan 5 ta soʻz olib tashlanadi. Eng koʻp soʻz topgan jamoa (1-bosqichda oʻquvchi) ushbu shartda gʻolib hisoblanadi. Shart ijrosi uchun 5 daqiqa vaqt ajratiladi.

3-shart. “Mushoira”. Ushbu shartda oʻquvchilar faqat darslikka kiritilgan shoirlarimiz ijodi (sheʼr, gʻazal va ruboiylar)dan yoddan ifodali oʻqib berishlari kerak. Shart ijrosi uchun umumiy 25-30 daqiqa vaqt ajratiladi. Baholash 2 dan 5 ballgacha bo’lgan tizimda amalga oshiriladi.

4-shart. “Erkin mavzu”. Ushbu shartda oʻquvchilar sahna koʻrinishi, monolog, qoʻshiq, raqs va boshqalarni (sheʼr hisobga olinmaydi) mahorat bilan ijro etishlari kerak. Oʻquvchilarning chiqishlari 10 daqiqadan oshmasligi kerak. Shart ijrosi uchun umumiy 30 daqiqa vaqt ajratiladi. Baholash 2 dan 5 ballgacha bo’lgan tizimda amalga oshiriladi.

5-shart. “Bahru bayt” yoki “Kim koʻp sheʼr biladi?”. Ushbu shartda oʻquvchilar milliy sheʼriyatimizning istagan vakillari sheʼrlaridan 4 misradan yoddan ifodali oʻqishlari, bundan avvalgi ishtirokchi oʻqigan sheʼr qaysi harfda toʻxtagan boʻlsa, navbatdagi ishtirokchi shu harfdan boshlanadigan misra bilan sheʼrxonlikni davom ettirishi kerak. Muallifi maʼlum boʻlgan sheʼrlar hisobga olinadi. Oʻquvchilarning oʻz ijod namunalari yoki noaniq sheʼrlar hisobga olinmaydi. Bir sheʼrni takror oʻqigan yoki besh soniyadan ortiq toʻxtab qolgan qatnashchi oʻyindan chiqadi, oxirida qolgan ishtirokchi (yoki ishtirokchi)lar g’olib hisoblanadi. Shart ijrosi uchun umumiy 30 daqiqa vaqt ajratiladi. Baholash 5 ballik tizimda olib boriladi.

2.4. Tanlovda har bir jamoa nomiga, maktab formasi va tanlagan emblemalariga alohida e’tibor beriladi. 3 ballgacha bo’lgan tizimda baholanadi.

2.5. Tanlovni “Dono nashriyoti” MChJ, Xalq taʼlimi vazirligi, Matbuot va axborot agentligi hamda hududiy boshqarmalari ijodiy va masʼul xodimlari, mutaxassis oʻqituvchilar, taklif etilgan taniqli shoir, rejissyor, aktyor, muharrirlardan tuzilgan Hakamlar hay’ati baholab boradi.

Hay’at tomonidan har bir shart uchun qo’yiladigan baholar o’quvchilarning ko’z oldida e’lon qilinib, bellashuv so’ngida g’oliblar taqdirlanadi. (E’tirozlar bo’lsa bir o’quvchi yoki o’qituvchi Hay’atga murojaat qilishi mumkin).

2.6. G’oliblarni taqdirlash.

I. Maktablarda sinflararo tanlov g’oliblari esdalik sovg’alari bilan taqdirlanadilar.

II.Tuman, shahar bosqichi g’oliblariga:

1-o’rin. 1 000 000 so’mlik sertifikat va diplom, “Milliy entsiklopediya” to’plami.

2-o’rin. 500 000 so’mlik sertifikat va diplom, 25 ta badiiy kitobdan iborat to’plam.

3-o’rin. 250 000 so’mlik sertifikat va diplom, 15 ta badiiy kitobdan iborat to’plam.

Rag’batlantiriluvchi 3 ta jamoaga “Tashakkurnoma” va nashriyotning maxsus sovg’alari. 5 tadan badiiy kitoblar topshiriladi.

III. Viloyat bosqichi g’oliblariga:

1-o’rin. 3 000 000 so’mlik sertifikat va diplom, 5 ta velosiped.

2-o’rin. 2 000 000 so’mlik sertifikat va diplom, “Milliy entsiklopediya” to’plami va 25 ta badiiy kitobdan iborat to’plam.

3-o’rin. 1500 000 so’mlik sertifikat va diplom, 25 ta badiiy kitobdan iborat to’plam.

Rag’batlantiriluvchi 3 ta jamoaga “Tashakkurnoma” va nashriyotning maxsus sovg’alari. 5 tadan badiiy kitoblar topshiriladi.

IV. Respublika bosqichi g’oliblariga (ushbu bosqichda viloyat bosqichida faqat 1-o’rinni egallagan g’olib jamoalar ishtirok etishadi):

1-o’rin. “Damas” avtomashinasi.

2-o’rin. 10 000 000 so’mlik sertifikat va diplom.

3-o’rin. 5 000 000 so’mlik sertifikat va diplom.

Rag’batlantiruvchi 3 ta guruhga 500 000 so’mlik sertifikat va diplom. “Milliy entsiklopediya” to’plami.

Namunali qatnashgan 6 ta jamoaga “Tashakkurnoma”, 200 000 so’mlik sertifikat, maxsus sovg’alar. 5 tadan katta shaxmat topshiriladi.

2.7. Tanlov shartlari 1 oy oldin viloyat, tuman, shahar XTBlariga etkaziladi.

2.8. Tanlov jarayonlari OAV hamda nashriyot muassisligidagi 4 ta jurnalda keng yoritib boriladi.

3. TAShKILIY IShLAR

3.1.Hamkor tashkilotlar mazkur tanlovning ommaviyligi ta’minlash, tashkiliy jarayonlarda bevosita quyidagi ishlarni amalga oshirishadi.

O’zbekiston Yoshlar ittifoqi:

– hudud (tuman, shahar, viloyat)lardao’z vakillariningtanlov targ’ibot-tashviqot va tashkiliy ishlarida faol ishtiroki va har bir bosqich uchun kamida1-2 nafar Hay’ata’zosi sifatida katnashishini taminlash;

– “MU5”telekanalida tanlovni oktyabr, noyabr oylarida keng targ’ib qilish, dekabr,yanvar oylarida informatsion dasturlarda yoritish, viloyat, respublika bosqichlaridan maxsus ko’rsatuvlar tayyorlab efirga uzatish;

– o’tkazilgan tanlov videoarxivini 4 ta tashkilotga taqdim etishni ta’minlaydi.

O’zbekiston Xalq ta’limi vazirligi:

– tanlovning barcha bosqichlarida malakali mutaxassislar, jamoalarning to’liq tarkibda ishtirok etishi;

– tanlovning yuqori saviyada o’tishi uchun mas’ullar belgilashni ta’minlaydi.

O’zbekiston Matbuot va axborot agentligi:

– tanlovni bosma, elektron OAVlarda hamda internet nashrlar, ijtimoiy tarmoqlar orqali keng yoritish;

– tanlovning barcha bosqichlarida kitob yarmarkalari o’tkazish;

– tanlovni o’tkazish guruhlariga malakali mutaxassislar ajratishni ta’minlaydi.

“Dono nashriyoti” mas’uliyati cheklangan jamiyati:

– tanlov bilan bog’liq barcha hujjatlar – Nizom, dastur, savollar va boshqalarni hamkor tashkilotlar bilan kelishilgan holatda tayyorlash;

– tanlov mukofotlari, diplomlarini tayyorlash;

– tanlovni targ’ibot qilish va reklama vositalarini tayyorlash;

– Hay’at a’zoligiga malakali mutaxassislar – taniqli yozuvchi va shoirlar, rejissyor, aktyorlarni jalb qilish, barcha bosqichlarda nashriyot xodimlarining faol ishtiroki etishi;

– hamkor tashkilotlarga tanlovning viloyat va respublika bosqichlaridan fotoalbomlar tayyorlashni ta’minlaydi.

Izoh: Sertifikatlar summasi miqdorida badiiy va o’quv adabiyotlari kutubxonasi taqdim etiladi.

Tags

Ochilbek Mahammadjonov

Informatika va axborot texnologiyalari fani o'qituvchisi. Shiori: Doimo "B" rejang bo'lsin!

O'xshash maqola

Ko'rish imkoniyati cheklangan foydalanuvchilar uchun qo'shimcha imkoniyat
Close

Adblock ishlamoqda

Iltimos adblockni o'chirib qo'ying. Bu sayt havfsiz