MAKTAB VA TA`LIMYangiliklarYutuqlarimiz

,,Jaholatga qarshi ma’rifat» nomli  badiiy va ijodiy ishlar tanlovi

Farg’ona viloyati chet tillarni o’qitishga ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktab-internatida ,,Jaholatga qarshi ma’rifat» nomli  badiiy va ijodiy ishlar tanlovining maktab-internati bosqichi haqida          

       MA’LUMOT

 

        Joriy yilning 10-oktabriga qadar maktab – internatimizda  ,,Jaholatga qarshi ma’rifat» nomli  badiiy va ijodiy ishlar tanlovining 1-bosqichi bo’lib o’tdi. Bunda har bir yo’nalish bo’yicha hakamlar hayati ishchi guruhi tuzildi. Ular maktab-internat direktori E.A.Dadadjanova-rais, O’TIBDO’ Sh.U.Ergasheva, E.D.Isaqova, MMIBDO’ S.S.Oripov, rasm o’qituvchisi M.M.Xudoyberdiyeva, ona tili va adabiyot o’qituvchisi H.A.Husainova, tarbiyachi A.R.Jumaboyev tarix fani o`qtuvchisi M.N.Yusupov – rais o`rinbosari, ma’sullar: M.A.Yuldasheva, M.M.Abdurahimova, S.A.A’zamova, o’qituvchilar va tarbiyachilar hakamlar hay’ati va ma’sullar etib tayinlandi.

    Tanlovni o’tkazishdan maqsad o’quvchilarning ijodiy salohiyatlarini, vatanparvarlik tuyg’ularini va sog’lom turmush tarzi ko’nikmalarini rivojlantirish, ular qalbida yot g’oya ta’sirlariga qarshi mustahkam immunitetni shakllantirish.

Mustaqil va erkin fikrlovchi, qat’iy e’tiqodga ega bo’lgan yuksak bilimli, intellektual salohiyatli, mustaqillik tamoyillariga sodiq, jismoniy va ma’naviy jihatdan barkamol avlodni tarbiyalash va yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning mohiyatini yosh avlod ongiga chuqur singdirish.

Tanlov insholar, she’rlar va tasviriy san’at yo’nalishlarida uch bosqichda o’tkazildi.

Tanlovning insholar yo’nalishi 7-9 sinflar o’rtasida bo’lib o’tdi. Bunda 110 nafar o’quvchilar ishtirok etdilar. Ko’rik tanlov natijalariga ko’ra

     I-o’rin:  9,,A» sinf  o’quvchisi Sodiqova Mohlarbegim

     II-o’rin: 8 ,,A» sinf o’quvchisi Isaqova Shirin

     III-o’rin: 9,,A» sinf o’quvchisi Yo’lchiyeva Gulzoda

Tanlovning tasviriy san’at yo’nalishi 5-9 sinf o’quvchilari o’rtasida o’tkazildi. Ko’rik tanlov natijalariga ko’ra

     I-o’rin: 8 ,,A» sinf o’quvchisi Muhammadjonova Sevara

     II-o’rin:6 ,,B»» sinf o’quvchisi Abdurahmonova Ruhshona

     III-o’rin:8 ,,B» sinf o’quvchisi Davlatov Hamidullo qo’lga kiritishdi.

Tanlov juda qiziqarli va mazmunli o`tdi.

 

Maktab-internati direktori:                                         E.A.Dadadjanova

Tarix fani o’qituvchisi:                                               M.N.Yusupov

Yoshlar yetakchisi:                                                     M.Yuldasheva

 

                                      

 

 

 

 

 

 

 

O'xshash maqola

Ko'rish imkoniyati cheklangan foydalanuvchilar uchun qo'shimcha imkoniyat
Close

Adblock ishlamoqda

Iltimos adblockni o'chirib qo'ying. Bu sayt havfsiz