MAKTAB VA TA`LIMO'quvchilar ijodidan

6-b sinf o`quvchisi Olimjonova Ruxshonaning ingliz tilidan tarjima qilgan ertagi

AQLDAN OZGAN O`RDAKCHA.

      Aqldan ozgan o`rdakcha raqsga tushayotgan dinozavr rasmini chizishni yoqtirar ekan. U kuni bo`yi ishlar lekin, dinozavr unchalik bekami-ko`st, go`zal chiqmas edi. Ertasi kuni o`rdakcha kichkintoy dinozavrga qo`shilib oldi. Biroq, dinozavr uncha chiroyli ko`rinmas edi. Shundan keyin o`rdakcha dinozavrning qora ko`zlarini, oppoq tishlarini va oyoqlarini rasmini chizdi. Lekin dinozavr unchalik xushro`y chiqmadi.   “Men  nima  qilishim    kerak ?’’, – dedi o’rdakcha. ,, Senga nima kerak bo`lsa shuni chiz!’’,- dedi uning do’sti Pette. Shunday qilib o`rdakcha rasm chizibdi. U o`z rasmiga pushti, to`q ko`k, yashil rangli nuqtachalarni tushiribdi. U ko`pgina kichkina dog`larni chizibdi va juda charchab qolibdi.  U  momaqaymoqlarni rasmini ham chiza olarkan va dinozavrlar ichida raqsga tusha olarkan. Bir  kuni o’rdakchaning do’sti Lusi-Lamp Ledi kelib qolibdi va uning chizgan rasmiga nazar tashlabdi.

     Meni dinazavrim yolg`iz ko`rinyapti debdi o`rdakcha xafa bo`lib. U yolg`iz ko`rinyapti dedi Lusi-lamp Ledi ham. O`rdakcha o`yladi va yana o`yladi. Keyin uning xayoliga bir fikr keldi. Shunday qilib o`rdakcha dinozavrning dadasi va o`zining kichkina kuchukchasining  rasmni chizib qo`ydi.

     Kutilmaganda dinazavr tashqariga sakradi va raqsga tusha boshladi. Dinazavrning dadasi va uning kichkina kuchugi ham raqsga tushdi. Qanday xushbichim raqs ‘’ Ular biz bilan raqsga tushdi ‘’ deb aytdi o`rdakcha P.Pete va Lusi Lamp Ledi ham dinozavr va uning dadasi bilan raqsga tushishni xohlashdi. Ular raqs tushishar va yana raqs tushishardi. Shundan keyin ular charchab qolishdi va pastga o`tirib olishdi, lekin ular juda xursand edilar.

      Ertasi kuni o`rdakcha boshqa bir bo`lak varoqni olib yana va yana rasm chiza boshladi…. Juda ham zo`r rasm chiqdi.

O'xshash maqola

Ko'rish imkoniyati cheklangan foydalanuvchilar uchun qo'shimcha imkoniyat
Close

Adblock ishlamoqda

Iltimos adblockni o'chirib qo'ying. Bu sayt havfsiz