MAKTAB VA TA`LIMO'quvchilar ijodidan

6-B sinf o’quvchisi Isaqova Gulshanoyning yozgan inshosi

SHUKRONA

  Reja

  1. Mustaqillik tuyg`usi.
  2. Diyorimiz obidalari.
  3. Bobolar merosi.
  4. Tinchligimizga shukur qilmoq.
  5. Maktabim aziz dargohim.

 

                           Shukur qilib yashamoq,

                           Insonning bir farzidir.

                           Zulmatda yorug`likni,

                           Sen doimo qidir.

 

    Vatan dunyodagi eng buyuk, eng muqaddas ne`mat bo’lgani uchun uning mustaqilligi ham shunchalik qadrlidir. Mustaqillik el-yurtimizni zulm va kishanlardan ozod qildi, uning qonuniy huquqlari, sha`n-u g`ururi, tarixi, tili va dini milliy qadryatlarini tikladi . SHu bois Mustaqillik kuni biz uchun eng ulug’, eng aziz bayramdir. Mustaqillik tufayli o’zbek xalqi o’zini tikladi va har sohada ilg’orlandi.

   Buyuk bobomiz Amir Temur ‘’Agar kim bizni kuchimizga  shubha qilsa biz qurgan biolarga boqsin’’ deya ta’kidlagan. Darhaqiqat, yurtimizni husniga-husn qo’shib qad ko’tarib turgan obidalar dunyoda behisob o’rin tutadi. Mustaqillikdan so’ng diyorimizdagi binolar qaytadan tiklandi. Bu obidalar bizning tariximizdan, bobolarimizdan darak berib turadi. Registon Majmuasi, Shohi Zinda,Bibixonim Maqbarasi, Ko’zaliqir va Oq saroy kabilar shular jumlasidandir.

  Agar dunyoda millionlab olim-u mutafakkirlar bo’lsa ularning  teng yarimida ko’pi biz o’zbeklarni mutafakkirlari. Alisher Navoiy, Amir Temur, Abu Ali ibn Sino, Abu-Rayhon Beruniy, Ahmad-al Farg’oniylar dunyo tanib, ularga lol qolgan bobolarimizdir. Ular bizlarga qoldirgan kitoblar nafaqat bizlar uchun xizmat qiladi, balki olam uchun ham xizmat qiladi hamda biz va jahon bu merosni sevib o’qiymiz.

     Mustaqillik, tinchlik bular bizlar uchun eng aziz ne’mat hisoblansa ajab emas. Diyorimizda tinchlik borki osmonimiz musaffo, hayotimiz farovon. Shunga ko’ra tinchlikka shukur qilmoq zarur. Bugun biz erkin va ozod, tinch va osoyishta yurtda yashab,  zamonaviy bilm maskanlarida ta’lim-tarbiya olmoqdamiz. Afsuski, dunyoning barcha mamlaktlarida ham bolalar bunday imkonyatlarga ega emas. Bunga sabab tinchlikdir.

     Hozirda yurtimizda turli xil bilim maskanlari mavjud. Misol uchun: Farg’ona viloyatining Oqariq ko’chasida joylashgan CH.T.O’.I.D.U.M.I. dir. Bu maktab muhtaram yurtboshimizning 1875 sonli qaroriga binoan ochilgan bo’lib, bu maskanda o’quvchilarga Ingliz tili, Nemis tili va Fransus tillari mukammal o’rgatiladi. Davlat tomonidan bu dargohga bir milliarddan oshiq mablag’ ajratildi va hozirda bu maktab-internatida qaytadan qurilish ishlari olib borilmoqda. Bu dargohga turli oliy toifali pedagoglar  jalb qilingan. O’quvchilarning bilimlarini sinash maqsadida har chorak o’quvchilardan ma’muriy nazorat imtihonlari olinadi. Bu imtihonlardan o’ta olmagan o’quvchilarga ogohlantirish xatlari berilib turadi. Ogohlantirish xatlarini olmaslik uchun o’quvchilar ko’p o’qib izlanishadi. Yurtimizda bu kabi ixtisoslashtirilgan maktablar soni tobora oshib bormoqda. Bunday maktablardan chiqqan farzandlar kelajakda yetuk inson bo’lib yetajakdurlar. Biz yoshlarga shuncha imkoniyatlar berilib turgani uchun, biz yoshlar har sohada yetuk bo’lishimiz lozim desam mubolag’a bo’lmaydi. Sport, bilim sohalarida biz marrani qo’lga olamiz. Marra biznikidir. Baland-baland shoxsupalarda diyorimiz bayrog’I doimo hilpirab tursin.  Biz  uchun mana shunday sharoitlarni yaratishda rahnamolik qilayotgan hurmatli yurtboshimiz ham doimo sog’ bo’lsin.

O'xshash maqola

Ko'rish imkoniyati cheklangan foydalanuvchilar uchun qo'shimcha imkoniyat
Close

Adblock ishlamoqda

Iltimos adblockni o'chirib qo'ying. Bu sayt havfsiz