MAKTAB VA TA`LIMYangiliklar

STEAM MAKTABLAR TASHKIL ETISH LOYIHASI PEDAGOGLAR BILAN MUHOKAMA QILINDI

Xalq taʼlimi vaziri Sherzod Shermatov bugun Tabiiy fanlarga ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktabi faoliyati bilan tanishdi.

Mazkur maktab Prezident qarori bilan oʻtgan oʻquv yilidan boshlab kimyo-biologiya faniga ixtisoslashtirilgan maktab sifatida qayta tashkil etilgan.

Maktabda pedagoglarning sifat tarkibini yaxshilash va oʻquvchilar bilimini oshirish, bitiruvchilarni oliy taʼlim muassasalariga yoʻnaltirish borasida bir qator ijobiy yutuqlarga ham erishilgan. Hozirda kimyo fanidan 1 nafar ilmiy darajaga ega, 6 nafar oliy toifali, 18 nafar birinchi toifali pedagog faoliyat yuritadi. Kimyo-biologiyaga ixtisoslashgan sinflardan tashqari variativ oʻquv reja asosida ham sinflar tashkil etilishi bitiruvchilarni oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishida qoʻshimcha imkoniyat yaratadi.

Maktabning moddiy texnik bazasini mustahkamlash maqsadida kompyuter sinfi, 2 ta interaktiv doska va televizor sovgʻa qilindi. Shu bilan birgalikda, taʼlim sifatini oshirish uchun taʼmir yoki jihozlar emas, eng asosiysi oʻz kasbiga fidoiy boʻlgan oʻqituvchilarni maktabga jalb etish zarurligi taʼkidlandi.

Ochilbek Mahammadjonov

Informatika va axborot texnologiyalari fani o'qituvchisi. Shiori: Doimo "B" rejang bo'lsin!

O'xshash maqola

Ko'rish imkoniyati cheklangan foydalanuvchilar uchun qo'shimcha imkoniyat
Close

Adblock ishlamoqda

Iltimos adblockni o'chirib qo'ying. Bu sayt havfsiz