MAKTAB VA TA`LIMOTA-ONALAR UCHUNTadbirlarYangiliklar

Maktabimizda «Kitob ulashish» aksiyasi boshlandi.

Hurmatli, Farg’ona viloyati va Farg’ona shahri fuqarolari!

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoev, 5ta muhim tashabbusni taklif etib, yosh avlod uchun bilim, ma’naviyat va ma’rifat poydevorini yaratishga undadi. Ushbu tashabusslardan biri yoshlarning ma’naviyatini o’qish madaniyatini targ’ibot qilish orqali  oshirishdir. 2019 yil 19 martda yoshlarni ma’naviyatini tarbiyalash va ularning bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkillashga qaratilgan videokonferentsiyada davlatimiz rahbari har bir liderning o’zi o’qigan maktabiga kitob sovg’a qilishga da’vat etdi. Har kuni OAVda biz viloyat, shahar, tuman hokimlari, turli xil tashkilot va korxona rahbarlari hamda oddiy fuqarolar ham maktablarga kitoblarni sovg’a qilganlarini ko’rmoqdamiz. Bugungi kunda shu aktsiya tufayli ko’p maktablarning kutubxona fondi ancha boyidi.

Chet tillarni o’qitishga ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktab-internati yaqin orada tashkil etilgan (2014 yilda). Bizning birinchi bitiruvchilarimiz shu yili maktabni tark etadilar. Biz ham maktab-internatimiz kutubxonasini boyitish uchun kimdir kitoblar sovg’a qilishini juda hohlar edik. Bugungi kunda maktab ma’muriyati, kasaba uyushmasi qo’mitasi va ota-onalar komiteti tashabbuslari bilan “O’qituvchilardan maktabga kitob” va “Ota-onalardan maktabga kitob” aktsiyalari boshlandi. Shuningdek, biz “Viloyat hamda shahar fuqarolaridan maktabga kitob” aktsiyasini e’lon qilamiz. Bizning taklif e’tiborsiz qolmasligiga ishonamiz.    

Уважаемые жители Ферганы и Ферганской области!

Президент Республики Узбекистан Шавкат Миромонович Мирзиёев призвал создать основу знаний, духовности и просвещения для молодого поколения, предложив пять важных инициатив. Одной из таких инициатив является повышение духовности молодёжи, через широкую пропаганду читательской культуры. 19 марта на видеоконференции, посвящённой воспитанию духовности молодежи и содержательной организации их досуга, глава нашего государства призвал каждого лидера подарить книги школе, в которой они учились. Ежедневно в СМИ мы видем как хокимы областей, городов, районов, руководители разных предприятий и организаций, предприниматели и просто обычные граждане передают в дар школам книги. На сегодняшний день, благодаря этой акции библиотечный фонд многих школ значительно пополнился.

Государственная общеобразовательная школа-интернат, специализирующаяся на изучении иностранных языков была создана относительно недавно (в 2014 году). Первые наши выпускники покинут школу только в этом году. Но нам очень хочется, чтобы и нашей школе-интернату кто-то передал в подарок книги для пополнения библиотечного фонда. Сегодня по инициативе администрации, профсоюзного комитета, родительского комитета школы начата акция «Книга школе от учителей» и «Книга школе от родителей». Мы также объявляем акцию «Книга шоле от жителей города и области». Надеемся, что наш призыв не останется без внимания.   

   

User Rating: Be the first one !
Tags

Ochilbek Mahammadjonov

Informatika va axborot texnologiyalari fani o'qituvchisi. Shiori: Doimo "B" rejang bo'lsin!

O'xshash maqola

Ko'rish imkoniyati cheklangan foydalanuvchilar uchun qo'shimcha imkoniyat
Close

Adblock ishlamoqda

Iltimos adblockni o'chirib qo'ying. Bu sayt havfsiz