MAKTAB VA TA`LIMYangiliklar

Xalq taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari Fargʻona maktablari faoliyati bilan tanishdi

Xalq taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari Alisher Umarov Fargʻona shahridagi 8-, 32-maktab hamda 41-ayrim fanlar chuqurlashtirilib oʻqitiladigan ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktabi, shuningdek, “SIRIUS” nodavlat taʼlim muassasasiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida maktablar hayoti, pedagog xodimlar ish tajribalari hamda oʻquvchilarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishildi.

Dastlab, A.Umarov 41-ayrim fanlar chuqurlashtirilib oʻqitiladigan ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktabidagi dars mashgʻulotini kuzatdi. Soʻngra taʼlim muassasasi sinf xonalari, kutubxona, u yerdagi kitob fondi, kitobxon oʻquvchilar uchun yaratilgan sharoitlarni oʻrgandi.

Shuningdek, 8-maktabida boʻlib, mazkur taʼlim maskani va 27-maktab oraligʻidagi boʻsh yer maydoniga oʻquv markazi yoki oʻquvchilarni sport bilan shugʻullanishlari uchun yozgi stadion qurish boʻyicha oʻz taklifini berdi.

Soʻngra 32-maktabda oʻquvchilarga yaratilgan sharoitlar va taʼlim-tarbiya holati bilan tanishdi. Maktab binosi xom gʻishtdan qurilgan eski bino boʻlganligini taʼkidlab, 620 oʻrinli yangi tipdagi bino qurish, kompyuterlarni yangi rusumdagisi bilan almashtirish, yangi parta va stullar olinishi va kitobxonlikni keng targʻib qilish boʻyicha fikr bildirdi.

“SIRIUS” nodavlat taʼlim muassasasiga tashrifi davomida kutubxonadagi badiiy kitoblar sonini kengaytirish, boʻsh yer maydoniga basketbol shitlarini oʻrnatish, maydonlar chizmasini yangilash boʻyicha takliflar berdi.

Vazir oʻrinbosari A.Umarov, vazirlikning Maʼnaviy-axloqiy tarbiya boshqarmasi boshligʻi Akbar Tagayev va viloyat prokuraturasi xodimlari bilan birgalikda kunning ikkinchi yarmida shahardagi 4-musiqa maktabida shahar va tuman mudirlari, maʼnaviyat boʻyicha oʻrinbosarlar, yoshlar yetakchisi va psixologlar ishtirokida yigʻilish oʻtkazdi.

Mazkur yigʻilishda maktabda taʼlim sifatini oshirish, oʻquvchilar oʻrtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish maqsadida amalga oshirilishi lozim boʻlgan vazifalar boʻyicha oʻz fikr-mulohazalarini bildirib, qator tavsiyalar berdi.

User Rating: Be the first one !

Ochilbek Mahammadjonov

Informatika va axborot texnologiyalari fani o'qituvchisi. Shiori: Doimo "B" rejang bo'lsin!

O'xshash maqola

Ko'rish imkoniyati cheklangan foydalanuvchilar uchun qo'shimcha imkoniyat
Close

Adblock ishlamoqda

Iltimos adblockni o'chirib qo'ying. Bu sayt havfsiz