O'quvchilar ijodidan
XOTIRA
XOTIRA
Tinch zamon bizlarga berilgan me’ros,
O’ylamang, bu kunlar o’zidan bo’lgan.
Qancha insonlarning qonlari bilan
Bu kunlar quyoshning nurila to’lgan.
Daxshat-u nadomat avj olib u dam,
O’tgandir bahor ham qish sovug’idek.
Insonning qo’lida jon bergan inson
Egmagan u boshin yurt dovrug’I deb.
Nemisning ko’zlari ko’rmas hech kimni,
Axir u ham edi bizlardek odam.
Yovuzlik, qahraton, izg’irinlikka,
Zulm bulutiga to’lgandi olam.
Daraxtlar o’sha payt yozmadi kurtak,
Qushlar ham kirardi daraxt pinjiga.
Xayolni qoplagan o’kinch, iztirob,
Qandaydir iymanish gulning dilida.
Jon qalqon ayladi mard, jasur o’g’lon,
Fashistga boshini egmadi sira.
Tinchlik urug’ini sochgan o’g’londan,
Faqat qolgan edi shirin XOTIRA.
8-,,B’’ sinf o’quvchisi Isaqova Gulshanoy