O'quvchilar ijodidan
SHE’RIYAT
SHE’RIYAT
She’r yozgan varoqlar yonib kul bo’ldi,
Yondirdim barchasin g’azab o’tida.
Ammo, hech yonmadi she’r muhabbati,
Olovning taftida, yurak kaftida.
Uning olovidan chiqajak uchqun,
Qalblarning tubidan egallagan joy.
Titratgan tog’larni, bog’-u rog’larni,
Qalam-la cho’llarga bergandir chiroy.
She’riyat olami naqadar go’zal,
So’z bilan ta’riflar butun dunyoni.
Badiiy adabiyot ustundir unga,
Aylantirar chinga hatto ro’yoni.
8-,,B’’ sinf o’quvchisi Isaqova Gulshanoy