TadbirlarYangiliklar
“Beg`ubor bolaligim” mavzusida asfaltga rasm chizish ko`rik tanlovi bo`lib o`tgazildi.

Farg`ona viloyati chet tillarni o`qitishga ixtisoslashtirilgan davlat umumta`lim maktab-internatida “Beg`ubor bolaligim” mavzusida asfaltga rasm chizish ko`rik tanlovi bo`lib o`tgazilganligi haqida
MA`LUMOT
Maktab-intenatimizda 2018-yil 26-aprel kuni soat 15:00 da 5-10 sinf o’quvchilari o’rtasida “Beg`ubor bolaligim” nomli asfaltga chizilgan rasmlar ko`rik tanlovi bo`lib o`tdi. Tanlovning asosiy maqsadi o`quvchilarni ichki dunyosidagi orzu istaklarini namoyish etish, dunyo qarashi, estetik bilimlarini kuchaytirish va fanga bo`lgan qiziqishlarini kuchaytirishga qaratilgan edi. Tanlovda barcha sinflar faol ishtirok etishdi va ulardan:
I -o`rin: 5-“A” sinf
II-o`rin: 8-“A” va 6-,,A» sinf
III-o`rin:8-“B” va 6-,,B» sinf o’quvchilari egalladilar.
G`olib bo`lgan sinflar maktab-internat rahbariyati tomonidan faxriy yorliq va esdalik sovg`alar bilan taqdirlandilar. Tanlov barcha o`quvchilar ruhiyatida o`zgacha qiziqarli va esda qolarli bo`ldi.
zo`r bo`libdida o`quvchilar qiziqqan kitoblarni olishibdida.