MAKTAB VA TA`LIMO'quvchilar ijodidan
6-b sinf o`quvchisi Raimjonova Maftunaning ijodiga mansub yozgan she`rlari.

Orzularim
Orzularim betakror mening,
Umidlarim tog`lardan oshar.
Shunday erkin, go`zal zamonda,
Qancha orzu qilsam yarashar.
Hur vatanning erka qiziman
Qo`l uzatsam yetar osmonga.
Bir kun kelib shoira bo`lsam
Yurt madhini bitsam dostonga
Onajonim
Meni keltirdingiz yorug’ dunyoga,
Mehr ulashdingiz aytib allalar.
Qalbimni to’ldirib nur-u ziyoga,
Ertaklar so’zlaysiz erinmay tunlar.
Bizni deb yashaysiz yashnaysiz yana
Ko`zingizda kulib turadi jahon.
Siz meni suyanchim, iftixorimsiz,
Siz mening baxtimsiz aziz onajon.
Doimo sog` bo`ling jon-u jahonim,
Mehribon, mehnatkash aziz insonim.
Sizni aslo hafa qilmayin o`zim
Bu mening farzandlik asl, chin so`zim.
Siz bilan uyimiz to`ladi nurga,
So`zlaringiz o`xshar misoli durga,
Yuzingizda kulgu kulsin har zamon,
Doim omon bo`ling aziz onajon.
Dadajonim
O`zni o`ylamasdan bizni o`ylagan,
Bir burda nonni deb jonini bergan.
Mehr bilan boqqan farzandlariga,
Siz mening dadamsiz dadajon dada.
Ko`zingizda doim mehr porlagan,
Nur porlagan doim ko`zlaringizda.
Ishonchizi oqlayan albatta dada,
Dada, dadajonim, mehribon, dada.
Hech narsadan kam bo`lmasin degan,
Eh-he qancha-qancha sinovlar ko`rgan.
Umrini yarimin farzandga bergan,
O`z mehrin farzandga baxshida etgan,
Aziz, dadajonim, dadajon, dada!