FotolavhalarMAKTAB VA TA`LIMTadbirlarYangiliklar

1-oktabr «Ustoz va murabbiylar kuni» ga bag’ishlangan tadbir

Bugun bizning Chet tillarni o’qitishga ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktab-internatimizda 1-oktabr «Ustoz va murabbiylar kuni» munosabati bilan o’tkazildi. Tadbirda o’qituvchi, tarbiyachi, o’quvchilar ishtirok etdilar. Tadbirni maktab-internatimiz direktori E.A.Dadadjanova o’qituvchi va tarbiyachilarni tabriklab tadbirni ochib berdi.


Shundan so’ng maktab-internatimizni yosh ijodkor o’quvchilari ishtirokida «Ustozlar» qo’shig’i jonli ijroda kuylandi.

Faxriy ustozlarimizdan Boltaboyeva Na’muna ustoz barcha o’qituvchilarni «Ustoz va murabbiylar kuni» bilan tabrikladi.

O’quv tarbiya ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari E.D.Isaqova  va maktab-internati kasaba uyushma raisi M.M.Xudoyberdiyevalar maktab-internatida o’zini mehnatini ayamay faol ishlab kelgan o’qitivchilar va «Mening sevimli ustozim » mavzusidagi ingliz tilida yozilgan insholar tanlovi g’oliblarni esdalik sovg’alari bilan taqdirladi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Barchani kayfiyatini ko’tarish maqsadida 9-«A» va 9-«B»  sinflarning quvnoq yigitlari o’z chiqishlari bilan barchani kayfiyatiga yanda ko’tarinkilik ulashdilar.

9-«B» sinf o’quvchilari Aziz va ulug’ zot- ustozlar uchun gullar va sharlar bilan tabrikladilar. Barcha ustozlar sharlarni ezgu niyat bilan osmonlarga uchirdilar. Tadbir so’ngida ustoz va o’quvchilar ommaviy raqsga tushib tadbirni yakunladilar.

 

 

 

 

 

Ochilbek Mahammadjonov

Informatika va axborot texnologiyalari fani o'qituvchisi. Shiori: Doimo "B" rejang bo'lsin!

O'xshash maqola

Ko'rish imkoniyati cheklangan foydalanuvchilar uchun qo'shimcha imkoniyat
Close

Adblock ishlamoqda

Iltimos adblockni o'chirib qo'ying. Bu sayt havfsiz